» » Urganchda iste’molchi MIB xodimiga qo‘l ko‘tardi

Urganchda iste’molchi MIB xodimiga qo‘l ko‘tardi


Urganch shahrida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan, B.B. uyiga beminnat yetkazib berilayotgan tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalandi, ammo ularning haqini to‘lashdan bo‘yin tovladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi xodimlarining bir necha bor ogohlantirishi o‘z samarasini bermadi. Iste’molchini tarmoqdan ajratmoqchi bo‘lgan MIB xodimlari xonadon sohibining qarshiligiga uchradi. Iste’molchi ularni haqoratlab, kuch ishlatishga urindi.

Kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlashga uringan ushbu shaxsga nisbatan MIB xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishiga qarshilik ko‘rsatganligi bois jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют