» » O‘zbekistonda Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

O‘zbekistonda Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi


O‘zbekistonda Soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi tuziladi.  Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanida iqtisodiy loyihalar bilan tanishish chog‘ida topshiriq berdi, deb xabar qiladi Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti soya yog‘i xaridorgir va sog‘liq uchun foydali ekani, uning shroti parranda uchun zarur oziqa bo‘lishini ta’kidladi.

Shu yerda Samarqand viloyatida parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, meva-sabzavot yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Prezident loyihalar qamrovini oshirish, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashib, aytgan masalalarini joyida hal qildi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Oqdaryodagi tashrif davomida gidroponika bo‘yicha kadrlar tayyorlash zarurligini ta’kidlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют