» » O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi bir oyda 315 mln dollarga qisqardi

O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi bir oyda 315 mln dollarga qisqardi


O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2018-yil 1-mart holatiga ko‘ra 26,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu fevral oyi boshidagi ko‘rsatkich (27,2 milliard dollar)ga nisbatan 315 million dollarga kam.

Yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 28,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 14,7 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, 13,6 milliardi esa monetar oltindir.

Xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi bir oyda 60 million dollarga kamaygan bo‘lsa, monetar oltin miqdori 377 million dollarga qisqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют