» » Toshkent MUMni ta’mirlash va rahbariyatga xorijlik menejerlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda

Toshkent MUMni ta’mirlash va rahbariyatga xorijlik menejerlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda


Toshkentdagi markaziy universal do‘konni qayta ta’mirlash va uning boshqaruviga xorijlik menejerlarni jalb qilish rejalashtirilmoqda, Bu haqda Spot.uz xabar berdi.

“Toshkent univermagi” AJ aksionerlarining umumiy yig‘ilishi 29-martga rejalashtirilmoqda. Yig‘ilishning kun tartibiga savdo majmuasini to‘liq qayta ta’mirlash bo‘yicha loyiha uchun tanlov e’lon qilish kiritilgan.

Shu bilan birga, ijro organidagi rahbarlik lavozimlariga yuqori malakali xorijiy menejerlarni jalb qilish hamda majmuaning aktivlarini baholash kun tartibiga kirgan asosiy masalalardan hisoblanadi.

Umumiy qiymati 1,1 million dollarni tashkil qiluvchi qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi va ularni mos ravishda aksionerlar o‘rtasida taqsimlash masalasi ham majlis davomida ko‘rib chiqiladi.

MUM 1964-yilning oktabr oyida ochilgan va 1993-yilda “Toshkent univermagi” AJga aylantirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют