» » AQSh va KXDR rahbarlari uchrashuviga markaziy razvedka boshqarmasi tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh va KXDR rahbarlari uchrashuviga markaziy razvedka boshqarmasi tayyorgarlik ko‘rmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashuvining tashkiliy ishlari bilan davlat departamenti emas, asosan markaziy razvedka boshqarmasi shug‘ullanmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Qayd etilishicha, boshqarma xodimlari yopiq kanallar bo‘yicha aloqalar va rejalashtirish jarayoni uchun javobgar hisoblanadi.

Uchrashuvga davlat departamenti emas, markaziy razvedka boshqarmasi shug‘ullanayotgani boshqarma direktori Mayk Pompeoning ta’sir doirasi kengayayotgani bilan izohlanadi. Prezident Donald Tramp Pompeoning nomzodini Reks Tillersonning o‘rniga davlat kotibi lavozimiga ilgari surdi. Bu esa Donald Tramp davlat departamentida o‘zgarish qilishga nima uchun aynan hozir qaror qilganini qisman izohlaydi.

Tramp diplomatlar rahbarining KXDRga nisbatan fikrlari o‘ziniki bilan o‘xshash bo‘lishini istaydi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют