» » Saudiya Arabistonidagi neft-kimyo zavodiga uyushtirilgan xakerlik hujumi tafsilotlari ma’lum qilindi

Saudiya Arabistonidagi neft-kimyo zavodiga uyushtirilgan xakerlik hujumi tafsilotlari ma’lum qilindi


2017-yilning avgust oyida noma’lum xakerlar Saudiya Arabistonidagi neft-kimyo zavodining boshqaruv tizimiga hujum qildi. Hujumdan kutilgan natija nafaqat kompyuterlardan ma’lumotlarni o‘chirish yoki zavod ishini to‘xtatish, balki portlashni keltirib chiqarish bo‘lgan. Bu haqda The New York Times’ga tayanib, TJournal xabar qilmoqda.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha amerikalik mutaxassislar bunday hujumlar boshqa mamlakatlarda ham takrorlanishi mumkinligidan xavotirga tushmoqda. Bunga minglab sanoat zavodlarining xuddi shunday tizim bilan jihozlangani sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislarni xavotirga solayotgan narsa Triconex xavfsizlik tizimi bilan bog‘liq. Tizim zavoddagi kuchlanish, bosim va o‘rtacha haroratni nazorat qiladi. Ular kompaniyaning muhandislik kompyuterlaridan birida g‘alati faylni topgan. Fayl Triconex’ni tartibga soluvchiga o‘xshaydi, aslida esa tizimni ishdan chiqargan. Avvalroq bunday tizimni masofadan turib buzishning iloji yo‘q, deb hisoblanar edi.

Taxmin qilinishicha, mazkur holat tizimni birinchi marta masofadan turib ishdan chiqarish holati hisoblanadi. Bunday tartibga soluvchi tizimlar dunyodagi 18 mingdan ortiq zavodda, shu jumladan yadro, neft, gaz va kimyo resurslari ishlanadigan zavodlarda o‘rnatilgan.

Hujum vaqtida xakerlar kompyuterida yuz bergan xatolik zavodni portlashdan qutqarib qolgan. Biroq xakerlar Saudiya Arabistonidagi tizimni aylanib o‘tish yo‘lini topdi, ular hujumni boshqa ixtiyoriy mamlakatda takrorlashi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют