» » 25 mingdan ortiq muxlis kelgan “Navbahor” — “Lokomotiv“ o‘yinidan fotogalereya

25 mingdan ortiq muxlis kelgan “Navbahor” — “Lokomotiv“ o‘yinidan fotogalereya


Superliganing 3-turida Namanganning “Navbahor” klubi amaldagi chempion “Lokomotiv”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan bahsga 25 300 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu hozircha joriy mavsumdagi stadionga muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natija, deb yozmoqda MOQ axborot xizmati.

Qayd etilishicha, aslida Namangandagi stadionga 21913 nafar muxlis sig‘dira oladi. Lekin kecha katta futbolni sog‘ingan muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun tribunalar zinalari, uning atroflaridan joy olgan.

Namangandagi mavsumning ochilish marosimida MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют