» » Superliga. 1-turga 80 mingdan ziyod ishqiboz kelgandi. 3-turga keliboq bu ko‘rsatkich yangilandi

Superliga. 1-turga 80 mingdan ziyod ishqiboz kelgandi. 3-turga keliboq bu ko‘rsatkich yangilandi


O‘zbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida eng yaxshisi bo‘ldi. Mazkur turdan joy olgan 6 ta uchrashuvni jami 85 209 nafar muxlis kuzatib bordi, deb xabar bermoqda O‘FA.

Mavsumdagi ilk turni ko‘rish uchun stadionlarga 80 570 ishqiboz tashrif buyurgandi. Bunda eng ko‘p ishqiboz “Neftchi” — “Nasaf” o‘yiniga keldi — 19 632.

2-turda esa tashriflar soni kamaygan — 57 876. Biroq 1 ta o‘yin borasidagi ko‘rsatkich yaxshilandi hamda “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisini 20 168 muxlis stadiondan kuzatdi. Bu ko‘rsatkich mazkur ikki klubning o‘zaro o‘yinlardagi rekord natijasi bo‘ldi. Bungacha 2008-yilgi mavsumdagi Toshkent derbisini 18 mingdan ko‘proq ishqiboz kuzatib borgandi.

3-turga kelib Superliganing rekordi Namanganda yangilandi. “Navbahor” hamda “Lokomotiv” jamoalari ishtirokidagi o‘yinni 25 300 ishqiboz stadiondan kuzatdi. Shu kuni ayrim sektorlarga chiptalar 30 mingdan sotilgan bo‘lsa-da, stadion kassalarida birorta ham chipta qolmadi. Shuningdek, Namangandagi stadionga kirish istagida bo‘lgan yana minglab muxlislar tribunalardan joy topa olmay, “Navbahor”ni maydon tashqarisida qo‘llab turdi.

Natijada 3-turda umumiy ko‘rsatkich yanada yaxshilandi. Undan joy olgan 6 ta uchrashuvni ko‘rish uchun jami 85 209 ishqiboz stadionga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют