» » Xushnudbek Xudoyberdiyev: Kattaqorgonlik oqituvchi olimida ish beruvchining aybi bormi?

Xushnudbek Xudoyberdiyev: Kattaqorgonlik oqituvchi olimida ish beruvchining aybi bormi?


Kattaqorgon tumanidagi 42-maktabning mehnat talimi oqituvchisi, 23 yoshli Diana Yenekeyevaning olimi barchani chuqur qayguga soldi. Shu orinda savol tugilishi mumkin: maktab oqituvchisi hashar ishlariga jalb qilingan vaziyatda vafot etsa, uning oilasiga zarar, yani xalq tili bilan aytganda, tovon puli tolanadimi? Xushnudbek Xudoyberdiyev Xabar.uz nashrida shu haqda fikr yuritgan.

Ish beruvchi qanday zararlarni tolashi kerak?

Mehnat kodeksining 192-moddasiga binoan xodim mehnatda mayib bolishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bogliq holda sogligiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda ish beruvchi marhumning qaramogida bolgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga tolmagan yoki u vafot etgan kunga qadar undan taminot olish huquqiga ega bolgan shaxslar, marhumning vafotidan keyin tugilgan farzandi, shuningdek ota-onasidan biri, umr yoldoshi yoki oilaning boshqa azosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga yetmagan bolalari (ukalari, singillari) yoki nevaralarining parvarishi bilan band bolsa, zararni tolashi shart.

193-moddasida esa zarar miqdori korsatilgan bolib, vafot etgan boquvchining qaramogida bolgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bolgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga tolanadigan zarar miqdori marhumning ortacha oylik ish haqi miqdorida belgilangan. Demak, Diananing ogli 16 yoshga tolguncha onasining ortacha oylik ish haqi miqdorida zarar tolovini olishi kerak.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 194-moddasiga binoan xodimning vafoti munosabati bilan ish beruvchi marhumning olti yillik ortacha ish haqidan kam bolmagan miqdorda biryola beriladigan nafaqa tolashi ham kerak boladi. Masalan, bu miqdor ortacha 1 million som ish haqi oladigan xodim uchun 72 million somni tashkil etadi.

Yetkazilgan zararni tolash tartibi qanday?

Eng avvalo Diananing olimi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa hisoblanadimi yoki hisoblanmaydimi degan savolga javob topish kerak. Buning uchun baxtsiz hodisa maxsus tekshiruvdan otkazilishi lozim.

Bunday tekshiruv Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida otkaziladi.

Maxsus tekshirish viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi buyrugiga asosan shakllantirilgan komissiya tomonidan otkaziladi.

Unga kora komissiya raisi viloyat davlat mehnat texnika nazoratchisi, azolari yuqori turuvchi xojalik organi vakili, ish beruvchi, jabrlanuvchining asosiy ish joyi kasaba uyushmasi qomitasi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta qilish shartnomasi boyicha sugurtalovchining vakili boladi.

Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi hamda kozda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.

Komissiya azolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila azolari bilan uchrashuvlar tashkil etadi, zarur bolsa tegishli organlarga takliflar kiritadi yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki olganning oila azolariga ularning huquqlarini tushuntiradi.

Hasharga jalb etilgan oqituvchi mehnat vazifalarini bajarayotgan deb topiladimi?

Endi eng asosiy masalaga kelayapmiz. Mayli, tekshirish ham otkazilar, lekin komissiya Dianani ish joyidan tashqarida yoki oz mehnat vazifasini bajarmayotgan paytda vafot etgan, shuning uchun zarar tolanmaydi deya xulosa qilishi mumkinmi? Mumkin, har narsa bolishi mumkin. Ammo...

Ammo bu adolatsiz xulosa boladi!

Vazirlar Mahkamasining 286-qarorida tadbirlarning otkazilishi yoki ishlar bajarilishi joyidan qati nazar, shanbalik (yakshanbalik) otkazilayotgandagi baxtsiz hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi deya belgilangan.

Bundan quyidagi 2 ta xulosani chiqarish mumkin:

Ish joyi muhim emas, yani xodim aynan ishxonada vafot etsagina zarar tolanadi degan qoida yoq;

Aynan oz mehnat vazifasini bajarayotgan bolishi kerak degan qoida ham yoq. Yani oqituvchi faqat dars otayotganda vafot etsagina zarar tolanadi deyish ham notogri.

Yana bir ikkilantiradigan holat bor, yani hasharga chiqqanini tasdiqlovchi maktab direktorining buyrugi bolishi kerak deydi kopchilik. Yoq, shart emas. Marhum Diana holatida maktab direktori buyruq chiqarmagani aniq-ku! Hammasi tepadagilarning ogzaki buyrugi asosida bolgan! Unda nima boladi?

Buyogi maxsus tayinlangan komissiya azolarining malakasi va vijdoniga bogliq. Komissiya barcha holatlarni batafsil, sinchiklab organishi, guvohlarni soroq qilishi, dalillarni xolisona korib chiqib xulosa qilishi kerak. Qisqa qilib aytganda, hammaga ayon bolib turgan haqiqatdan koz yummasligi lozim.

Biz bu voqeani ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa deb topsak, zararni qoplash uchun davlat byudjetidan katta mablag sarflanadi, byudjetga zarar yetkazmaylik degan eskilik sarqitidan yodgorlik qolgan axmoqona oy-xayollarni ham yigishtirib qoyadigan vaqt keldi.

Xulosa ornida

Umid qilamanki, maxsus komissiya ishni har tomonlama xolisona korib chiqadi va yakunda oqni oq, qorani qora deydi. Aslida gap pulda ham emas. Marhumning oilasiga, ota-onasi, turmush ortogi, murgak ogilchasiga qandaydir millionlar tugul, milliard som bersangiz ham oksik konglini toldira olmaymiz. Biroq ijtimoiy adolat, marhumning haqqi hurmati va kelgusida ornak bolishi uchun ham kozni chirt yumib, asl haqiqatni qorqmasdan qayd etish masuliyati osha maxsus komissiya zimmasida turganini unutmasalar boldi.

P/S: Lekin har qanaqa vaziyatda ham Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14- iyundagi 174-qarori bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va tolash tartibi togrisidagi nizomga kora Diana faoliyat yuritgan maktab eng kam oylik ish haqining tort baravari miqdorida nafaqa tolashi shart.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-03-2018, 12:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -