» » Britaniyalik Andria Zafiraku Dubayda o‘tkazilgan “Dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi” tanlovida g‘olib bo‘ldi

Britaniyalik Andria Zafiraku Dubayda o‘tkazilgan “Dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi” tanlovida g‘olib bo‘ldi


Dubayda bo‘lib o‘tgan dunyoning yil o‘qituvchisi tanlovida britaniyalik Andria Zafiraku g‘olib chiqdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda. 

39 yoshli Zafiraku London shimoli-g‘arbidagi Alperton shahrida joylashgan umumta’lim maktabida san’at va to‘qimachilikdan dars beradi. U o‘zining asosan qashshoq oilalar farzandlari bo‘lgan o‘quvchilarini 35 tilda qutlay oladi. 

“Ularning bari — bolalarim. Ishim sinfdan chiqishim bilan yakunlanmaydi, menga ularning hayoti ham qiziq”, — deydi muallima. 

Tanlovda 170 davlatdan kelgan minglab o‘qituvchi ishtirok etdi. Ulardan 10 nafari saralab olindi. “Dunyodagi eng yaxshi o‘qituvchi” mukofoti tashabbuskori milliarder Sanni Varki fondi bo‘lib, g‘olib 1 million dollar miqdoridagi chek egasiga aylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют