WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentda harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar harbiy qasamyod qabul qildi
Toshkentda harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar harbiy qasamyod qabul qildi
Toshkent shahridagi “Vatanga qasamyod” majmuasida Navro‘z bayrami arafasida poytaxtda joylashgan harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning harbiy qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda askarlarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
So‘zga chiqqan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar harbiy qasamyod qabul qilgan o‘g‘lonlar zimmasidagi mas’uliyat naqadar ulug‘vor ekanini e’tirof etib, ularga Vatan himoyasidek sharafli ish yo‘lida sobitqadamlik tiladi.
Qo‘lda qurol tutgan, yuz-ko‘zlarida qat’iyat, ishonch balqib turgan yigitlar navbat bilan harbiy qasamyod qabul qildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?