» » Mahalliy hamjamiyatlar Qoraqalpog‘istonda landshaft darajasida moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilinadi

Mahalliy hamjamiyatlar Qoraqalpog‘istonda landshaft darajasida moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilinadi


Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot Dasturi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati bilan hamkorlikda va iqlim o‘zgarishi haqidagi BMT doiraviy konvensiyasining moliyaviy ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqlim o‘zgarishlarining salbiy asoratlarini kamaytirish va oldini olishga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi “Daryo”ga ma’lum qildi.

2018-yilning 12–16-mart kunlari mazkur loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonning Qanliko‘l, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida “Landshaft darajasida moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari va mahalliy hamjamiyatlarni o‘zaro hamkorligini tashkil etish” mavzusida seminarlar o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda iqlim omili Qoraqalpog‘istonning yaylovlarida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi, bu esa chorva tomonidan iste’mol qilishga yaramaydigan o‘simliklar sonining ko‘payishi, o‘tloqlar holatining yomonlashuvi va degradatsiyasiga olib keldi. Mana shunday jarayonlarning ko‘lami va shiddati mahalliy hamjamiyatlarni o‘z vaqtida munosabat bildirishi va yaylovlar degradatsiyasini daf qilish, ularning unumdorligini tiklash uchun jalb qilish zaruratini taqozo etmoqda. Seminarning birinchi kunida qayd etilganidek, mahalliy hamjamiyatlarni yaylovlar, o‘rmonlar va o‘tloqlarni boshqarishdagi roli, tegishli amaliyotlar haqidagi bilimlarini oshirish zarur, ularni qo‘llash esa tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish, hamda ularni saqlashga ko‘mak beradi.

Me’yoriy-huquqiy baza va mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni muntazam ravishda takomillashtirib borilishi mahalliy aholini yaylovlarni boshqarishga jalb qilish, mazkur hududdagi sharoitlarga moslashtirilgan ilmiy asoslangan yondashuvlarni qo‘llash uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bunday tajriba Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida qo‘llanildi, u bilan seminar ishtirokchilari tanishtirildi.

Tadbirni o‘tkazish mobaynida ishtirokchilar yaylovlarni kooperativ boshqarishning qonuniy asoslari, mahalliy hamjamiyatlarni yaylovlarni boshqarish jarayoniga jalb qilish bo‘yicha tajriba va eng yaxshi amaliyotlar bilan tanishdi, hamda yaylovlarni kooperativ boshqarish konsepsiyasini amalda bajarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Seminar ishida qishloq fuqarolar yig‘inlari, tuman hokimiyatlari, tashkilot va korxonalar vakillari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют