» » AQShda 9 yoshli bolakay videoo‘yin sababli o‘z opasini otib qo‘ydi

AQShda 9 yoshli bolakay videoo‘yin sababli o‘z opasini otib qo‘ydi


Missisipi shtatida (AQSh) to‘qqiz yoshli bolakay videoo‘yin sababli yuzaga kelgan janjal vaqtida o‘z opasini otib qo‘ydi. 13 yoshli Dijona Bell Memfisdagi shifoxonada vafot etgan, deb xabar berdi ABC News.

Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, bolalar o‘rtasidagi mojaro qizaloq o‘z ukasiga o‘yin jostigini berishni istamagani sabab yuzaga kelgan. Natijada bolakay pistoletni olib, opasiga qarata o‘q uzgan. O‘q Dijonaning miyasini teshib o‘tgan. Bu vaqtda ularning onasi chaqalog‘ini boshqa xonada emizayotgan bo‘lgan.

Bolakayning qo‘liga pistolet qanday qilib tushib qolgani hozircha noma’lum. Okrug sherifi Monro Sesil Kantrellning hisoblashicha, 9 yoshli bola mazkur jinoyatni televideniye yoki videoo‘yinlar ta’sirida amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Huquq-tartibot xodimlari hozircha bolakayga nisbatan qanday jazo chorasi ko‘rilishi mumkinligini bilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют