» » Yer yaqinidan uchib o‘tgan “o‘zga sayyoraliklar kemasi”ning kelib chiqishi fosh etildi

Yer yaqinidan uchib o‘tgan “o‘zga sayyoraliklar kemasi”ning kelib chiqishi fosh etildi


Kanadaning Toronto universiteti olimlari “o‘zga sayyoraliklar kemasi” nomini olgan Oumuamua yulduzlararo asteroidi dastlab ikki yulduzdan iborat turkumda shakllangan degan xulosaga keldi. Bu haqda Phys.org. press-relizida ma’lum qilindi.

Tadqiqotchilar fikricha, Quyosh tizimiga tegishli bo‘lmagan birinchi obyekt kometa emas, asteroid ekanligi g‘alati. Biroq modellashtirish natijalari Oumuamua kabi qoyali obyektlar ikki karrali yulduzlar yonida barqaror bo‘lmagan orbitaga ega bo‘lishini ko‘rsatdi.

Olimlar yulduzlardan biri yuqori harorat va ulkan massaga ega bo‘lgan tizim “o‘zga sayyoralik asteroid” kelib chiqqan joy uchun ehtimoli yuqori “nomzod” ekanligini ko‘rsatdi.

Oumuamua inson tomonidan aniqlangan birinchi yulduzlararo obyekt bo‘lib, uning uzunligi 400 metr, diametri esa 30 metrga yetadi. Obyekt 2017-yilning 19-oktabrida Yerdan 0,2 astronomik birlik masofada aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют