» » Malayziyaning g‘oyib bo‘lgan Boeing samolyoti Google xaritalaridan “topildi”

Malayziyaning g‘oyib bo‘lgan Boeing samolyoti Google xaritalaridan “topildi”


Aviahalokatlarni tadqiq etish bo‘yicha avstraliyalik mutaxassis Piter Makmexon to‘rt yil avval Hind okeanida g‘oyib bo‘lgan Boeing’ni topish uchun bir necha yil davomida NASA va Google Maps tasvirlarini o‘rgandi. The Sun nashrining ma’lum qilishicha, u samolyotni topganligini bildirgan.

Makmexonning so‘zlariga qaraganda, MH370 reysining Boeing 777 samolyoti kichikroq Seyshel oroli Raunddan taxminan 16 kilometr janubda joylashgan – bu hudud qidiruv operatsiyasiga kiritilmagan edi.

Avstraliyalik tadqiqotchi o‘z xulosasini transport va xavfsizlik byurosiga yubordi, byuro suratlardagi tasvir yo‘qolgan samolyot bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi. Makmexon u byuroga taqdim etgan suratlarda Boeing’ning o‘q teshib o‘tgan korpusini aniq ko‘rish mumkinligini ma’lum qildi.

2014-yilning martida Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti radarlar ekranidan g‘oyib bo‘lgan edi. 2015-yilning yanvarida samolyot bortidagi 227 nafar yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zosi halok bo‘lgan deb rasman tan olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют