» » Samarqandning barcha tumanlarida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

Samarqandning barcha tumanlarida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi


Samarqand shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish qarorning maqsadidir.

Qaror bilan Samarqand viloyatining 14 ta tumanida (shahrida) jami 53,1 gektar maydonda kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.

KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur KSZlarda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют