» » Samarqandda viloyatni obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Samarqandda viloyatni obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi tashkil etiladi


Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Tashkil etilgan mazkur jamg‘armaning shakllantirish manbalari sifatida Samarqand viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan tijorat tashkilotlarining ajratmalari, davlat, chet el va xalqaro tashkilotlari grantlari va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar ko‘rsatilgan.

Jamg‘arma mablag‘lari:

Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mahalliy ichki yo‘llarni ta’mirlash;

Ko‘p qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

Kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga bo‘lgan birlamchi ehtiyojni qondirish maqsadlarida ishlatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют