» » Moskvalik erkak Federatsiya kengashi binosi oldidagi mashinalarga o‘t qo‘yishga urindi va o‘zi yona boshladi

Moskvalik erkak Federatsiya kengashi binosi oldidagi mashinalarga o‘t qo‘yishga urindi va o‘zi yona boshladi


Moskvada Federatsiya Kengashi binosi oldida turgan avtomobillarga o‘t qo‘yishga uringan erkak kuyish jarohatini oldi. Jinoyatchining harakatlarini kuzatuv kameralari qayd etgan, deb yozadi “Vesti”.

20-mart kuni kechqurun Bolshoy Dmitrovkadagi binoga sumkasida kamida uchta “Molotov kokteyli” bo‘lgan erkak yaqinlashdi. Yonuvchi aralashma bo‘lgan birinchi butilka qimmatbaho xorijiy mashinalar ustidan o‘tib, yo‘lning o‘tish qismiga tushdi.

Parlament yuqori palatasining qo‘riqchisi ratsiya orqali yordam chaqirgunga qadar jinoyatchi ikkinchi “snaryad”ni ham uloqtirishga ulgurdi. Biroq bu safar ham butilka trotuarga tushdi. Tasodifiy o‘tkinchi butilkani epchillik bilan uni otgan odamga yo‘naltirdi. Butilka jinoyatchining oyog‘i ostida o‘t olib, uning chap oyog‘i yona boshladi. Shu paytda yana bir piyoda unga yordamga kelib, olovni o‘chirdi.

Shundan so‘ng u politsiyaga topshirildi. Uning harakatlari sababi hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют