» » Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi


Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Navro‘z shodiyonalarida ham ishtirok etdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida viloyatning salohiyati, shahar va tumanlarning ko‘rgazmalari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

O‘zbekiston Prezidenti viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, faollar, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur bog‘da o‘rnatilgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qo‘ydi.

Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashdi. O‘zbekiston Prezidenti ular bilan suhbatda ajdodlarning ma’naviy merosi ikki xalqning umumiy boyligi ekani, uni o‘rganish azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют