» » Pxenyan, Vashington va Seul uch tomonlama sammit o‘tkazishi mumkin

Pxenyan, Vashington va Seul uch tomonlama sammit o‘tkazishi mumkin


KXDR, AQSh va Koreya Respublikasi yetakchilari uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda 21-mart, chorshanba kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Seulda Koreyalar o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘mitaga tashrifi davomida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Shimol va Janub yetakchilari sammitidan so‘ng Shimoliy Koreya va AQSh yetakchilari muzokaralarining o‘tkazilishi o‘z-o‘zidan tarixiy hodisaga aylanadi. Ularning natijasiga qarab keyinchalik Shimol, Janub va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin”, – deya ta’kidladi Mun Chje In.

Koreya Respublikasi ma’muriyati o‘tgan haftada Koreyalar o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘mitani shakllantirishni yakunladi. Uning birinchi majlisi 16-mart kuni bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют