» » O‘zbekistonda birinchi ixcham to‘yni navoiylik tadbirkor boshlab berdi

O‘zbekistonda birinchi ixcham to‘yni navoiylik tadbirkor boshlab berdi


Navoiylik tadbirkor Nuriddin Habibov to‘rtta to‘yxona ishlarini yuritadi, daromadi ham o‘ziga yarasha. Bu haqda O‘zA hikoya qilmoqda.

Ammo u kamtarona to‘yni ma’qul ko‘rdi. O‘g‘li Amriddin Razzoqovning nikoh to‘yiga 120 mehmonni taklif qildi.

Qiziltepa tumanidagi “XXI asr” nomli to‘yxonada ixcham va fayzli o‘tgan to‘y Prezident Shavkat Mirziyoyev kutgan to‘ylarning biri bo‘ldi.

Tadbirkor to‘ydan oldin ushbu tumandagi maktab internati jamoasiga Navro‘z saylini o‘tkazishda homiylik ko‘rsatgan edi. Bayram tadbiri davomida o‘quvchilarga o‘quv qurollari, bayram sovg‘alari ham ulashilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan kelin-kuyovlarga mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi uchun sertifikat va kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют