» » Peru prezidenti iste’foga chiqdi

Peru prezidenti iste’foga chiqdi


Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski kongressga iste’foga chiqishi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Konressmenlar ovozini sotib olishda ayblangan 79 yoshli prezident iste’fosi haqida rasmiy bayonot berdi.

“Prezident lavozimidan ketishim mamlakatim uchun yaxshi bo‘lishi haqidagi qarorga keldim. Xalqimiz menga imkoniyati berilmagan yakdillik va uyg‘unlik yo‘lidan ketishiga to‘sqinlik qilish, oxirgi kunlardagi mavhumlikdan vatanim yoki oilam aziyat chekishini istamayman”, — dedi Kuchinski.

Kuchinskining aprel oyida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi belgilangani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют