» » “Navoiy” KMK Surxondaryoda parrandachilik majmuasini ishga tushirdi

“Navoiy” KMK Surxondaryoda parrandachilik majmuasini ishga tushirdi


Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qo‘ng‘irot mahallasida zamonaviy parrandachilik majmuasi foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan majmuaning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla oqsoqollari va yoshlar ishtirok etdi.

Bir yilda 10 million dona tuxum va 120 tonna parhezbop parranda go‘shti ishlab chiqarish quvvatiga ega majmuada 66 kishi ish bilan ta’minlandi. Ularning aksariyati yoshlardir. Majmua to‘la quvvat bilan ishga tushgach, 105 kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlangan majmuada bir yo‘la 36 ming jo‘ja va 30 ming tovuq parvarishlanadi.

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida foydalanishga topshirilgan korxonani chiqitsiz texnologiya asosida ishlatish mo‘ljallanayotir. Shu maqsadda biogaz ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatildi. Bu yerda parranda go‘ngidan olingan biogazdan majmuaning o‘zida foydalaniladi. Undan ajralib chiqqan chiqindi tabiiy o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Tovuq paridan yumshoq yostiq tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur parrandachilik majmuasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Surxondaryo viloyatida barpo etilgan ikkinchi zamonaviy loyihadir. O‘tgan yili kombinat foydalanishga topshirgan Termiz mexanika zavodida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari uchun asbob-uskuna va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Uning ikkinchi bosqichini bunyod etishda qurilish-montaj ishlari qizg‘in davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют