» » Toshkentda Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya matbuot markazi ochildi

Toshkentda Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya matbuot markazi ochildi


Bugun Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida 26—27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan, Afg‘onistonning eng dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya matbuot markazi rasman ish boshladi.

Matbuot markazida mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun samarali faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, markaz  zamonaviy kommunikatsiya vositalari, ofis jihozlari, Wi-Fi bilan ta’minlangan. OAV xodimlarining dunyoning turli mamlakatlaridan kelganini hisobga olgan holda matbuot markazi uzluksiz tun-u kun faoliyat yuritadi.

Xalqaro konferensiyani yoritish uchun 300 ga yaqin OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tdi. Ular orasida AQShning Nyu-York Times gazetasi, Xitoyning “Jenmin jibao” axborot agentligi, Buyuk Britaniyaning BBC kompaniyasi, Yaponiyaning NHK korporatsiyasi, Rossiyaning “Nezavisimaya gazeta” kabi nufuzli OAV xodimlari ham bor.

“Afg‘oniston haqida uzoq yillar mobaynida ma’lumot kam bo‘lganini va OAV xodimlarining qiziqishini inobatga olgan holda, konferensiya davomida va undan oldin aynan matbuot markazida yuqori darajadagi mulozimlardan tashqari, turli davlat tashkilotlari vakillari, sharqshunos olimlar va tarixchilar ishtirokida bir nechta sessiyalar o‘tkaziladi. Bu muloqotlar orqali siz Afg‘oniston haqida yangi ma’lumotlardan boxabar bo‘lasiz”, — deydi markaz matbuot kotibi Sherzod Qudratxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют