» » O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi diplomatik missiya vakillari AQShda yashaydigan vatandoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi diplomatik missiya vakillari AQShda yashaydigan vatandoshlar bilan uchrashdi


O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi diplomatik missiya (BMT huzuridagi doimiy vakolatxona va shahardagi bosh konsulxona) vakillari AQShda yashaydigan vatandoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda “Jahon” xabar bermoqda.

Uchrashuvda tadbirkorlar, biznes tizimi va fan-ta’lim doiralari vakillari, Amerikadagi yetakchi universitetlarning talabalari ishtirok etdi.

Muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-sentabrda AQShda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvi davomida bildirilgan fikrlarni amalga oshirish yuzasidan mulohazalar tinglandi. Jumladan, Qo‘shma Shtatlardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarni respublikaga jalb etish orqali O‘zbekistonning akademik va ilmiy salohiyatini oshirish taklif etildi.

Bir guruh hamyurtlar O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining Kolumbiya va Dyuk universitetlari bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, talabalarga chet tilini o‘qitish uchun AQShdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga jalb etish tizimini yaratishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda xorijdagi o‘zbekistonliklarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют