» » O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Aju va POSTECH universitetlari filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Aju va POSTECH universitetlari filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga  tashrifiga tayyorgarlik doirasida  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ishtirokida Aju universiteti hamda (POSTECH) Pxoxan fan va texnologiyalar universitetlarining kampus va filiallarini ochish, shuningdek  birgalikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish  yuzasidan  kelishuvlarga erishildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlari Koreya Respublikasining 45 dan ziyod universitetlari va ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik ilmiy tadqiqotlar  va ta’lim olishga  doir faoliyatni amalga oshirishda aloqalarni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar, talabalar almashuvi va birgalikda konferensiyalar, ilmiy izlanishlar tashkil etishni qamrab oladi.

2017-yilning birinchi yarmidayoq  Oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hamkorlik doirasida O‘zbekiston universitetlari ma’muriyati va o‘qituvchilari orasidan 70 dan ortiq kishi Koreya Respublikasi universitetlarining simpozium va konferensiyalarida ishtirok etdi.

Bu vaqt davomida shuningdek, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida Koreya Respublikasining Inha, Kimyong, Shingu, Jongbu, Sangji, Pusan milliy universitetlari, Koreya Respublikasi taraqqiyot instituti va boshqa bilim yurtlarining 30 dan ortiq vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari O‘zbekistondan 50 dan ortiq talabalar Koreya Respublikasi universitetlariga magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida o‘qishlarini davom ettirish hamda amaliyot o‘tash uchun yuborilgan.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют