» » Respublika ishchi guruhi Namanganda ayanchli ahvolda yashayotgan oilani aniqladi

Respublika ishchi guruhi Namanganda ayanchli ahvolda yashayotgan oilani aniqladi


Hozirda Namangan viloyati Pop tumanida ijtimoiy-manaviy muhitni organish boyicha Respublika ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. 13 ta guruh tumandagi 77 ta mahallada xonadonma xonadon yurib, aholini muammolarini keng kolamda organib bormoqda, deb xabar berdi OzA.

Jumladan, 3 va 6-respublika ishchi guruhlari 18-mart kuni Pop tumanidagi Nurobod va Ultarma mahalla fuqarolar yiginlari hududlarida bolib, oilalardagi ijtimoiy-manaviy muhitni organish va aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish boyicha izchil ishlarni olib bordi. Bir kun davomida Nurobod mahallasida ellikdan ortiq xonadonda saksondan ortiq, Ultarma mahallasida 71 ta xonadonga kirilib, 34 ta muammo aniqlandi.

Jumladan, keng jamoatchilik etiborini tortadigan ayrim jiddiy muammolar ham aniqlandi. Xususan, 6-ishchi guruhga biriktirilgan Nurobod MFY hududidagi sobiq Mashina traktor parki hududidagi tashlandiq va yaroqsiz holatga kelib qolgan binoda istiqomat qilayotgan Botirovlar oilasi bilan suhbat otkazildi. Xonadonda 3 oila va 9 nafar kishi istiqomat qilmoqda.

Organish jarayonida oilaboshi Martavali Botirov 1961-yilda tugilgan bolib, hozirda fermer xojaligida mavsumiy ish bilan shugullanadi.

Sobiq MTP hududidagi boshqa inshoatlar ham nurab, qorqinchli holatga kelib qolgan. Ishchi guruhi bu yerga borganida oila azolarida shamollash va yotal sababli kasallik alomatlari yaqqol sezilib turgan bolsa-da, iqtisodiy imkoniyati yetarli bolmagani uchun davolanishga qurbi yetmayotgani oydinlashdi. Oila bekasi Shahriniso Ergasheva 1967-yilda tugilgan. Uning aytishicha, muqaddam sil kasalligiga chalinib, dispanserda uch oy davomida muolajalarni otkazgan.

ShahrinisoErgashevaning pasporti 2012-yilda muddati nihoyasiga yetgan bolib, hanuzgacha almashtirilmagan. Turmush ortogi Martavali Botirovning pasporti yoqolgan, qayta tiklanmagan.

Mashina traktor parkining eski binosi ortida fuqarolar tomonidan noqonuniy tashkil qilingan va hech qanday talablarga javob bermaydigan chiqindixonada sanitariya-epidemiya holati yuzaga kelgan. Atrofi ochiq va devorlar tortilmagan turar joyda onga yaqin daydi itlar ham bu yerda yashamoqda.

Ikki xonali nurab yotgan, deraza oynalari orniga turli mato parchalari, plyonkalar, yarim singan shishalar qoyilgan bolib, qish mavsumida nihoyatda sovib, yozda chidab bolmaydigan darajada isib ketishi aniqlandi. Yashash binosi ichida ochoqli oshxona joylashgan.

Komir va otin yoqligi sababli, ovqat pishirish va uyni isitish uchun uy orqasidagi chiqindixonadan bolalar terib kelayotgan rezina parchalari, mayda shox-shabbalar, choplar yoqilmoqda. Uning zaharli tutuni esa shundan ham murakkab vaziyatda yashayotgan odamlarning sogligiga zararli tasir korsatayapti. Ichimlik suvi, tabiiy gaz yoq, atrofni yantoq va begona otlar bosib yotibdi.

Ayniqsa, 2015-yilda tugilgan Otabek, 2013-yilda tugilgan Bahora, 2005-yilda tugilgan Yahyobekning ust-boshi yupun, gigiyena holatlaridan yiroq, kasalmand va nimjon. Uy egalarining aytishicha, ular anchadan buyon toyib ovqatlanmagan.

Oqibatda bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligi yoqolgan, muloqot qilish qobiliyati kuzatilmadi, bolalarga zudlik bilan ruhiy-psixologik, manaviy va iqtisodiy, tibbiy yordam korsatish zarurligi ayon boldi. Oilaning daromad olish manbasi yoq. Oila boshligidan boshqa hech kim ishlamaydi. 13 yoshli Yahyobek 32-orta maktabning 6-sinf oquvchisi bolib, maktab mutasaddilari unga qishki kiyim-kechaklar olib bergan.

Aniqlanishicha, Pop tumanining Mahalla xayriya jamgarmasi tomonidan mazkur oilaga 2016-yil dekabrda 500 ming som, 2017-yil 150 ming som yordam puli berilgan. Xonadon azolari doimiy royxatda Chortoq MFYda tursa-da, amalda Nurobod MFY hududida yashayotgani sababli moddiy yordam yoki farzandlari uchun tegishli tartibga muvofiq nafaqa pulini ololmayapti.

Chortoq MFY maslahatchisi Halima Qochqorovaning aytishicha, 19951996-yillarda oilaga 12 sotixli yer uchastkasi ajratilgan. Ammo nomalum sababga kora, ushbu yer uchastkasi sotilib, Pop tumanidagi sobiq Xalqabod shaharchasi hududidagi kop qavatli uylardan xonadon sotib olingan. Keyinchalik uni ham sotishgan va MTP hududida qorovul bolib ishlagan Martavali Botirov oilasini bu yerga kochirib olib kelishgan.

Oila vakillari Pop tumani 3-sektori hududida bolib, IIB boshligi S.Abdulhamidov ular holidan biror marotaba xabar olmaganini aytib otishdi. Qolaversa, pasport muammolari ham toliq hal qilinmagan.

Pop tumanida 2018-yilda uy-joyga muhtoj kam daromadli oilalarning 5 nafariga yashash uylari qurib berish rejalashtirilgan. Vaholanki, bu royxatdan mazkur oila joy olmagani aniqlandi.

Mazkur mahallaga xizmat qiluvchi Iskovut qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri Ilhomjon Anorqulov va uchastka shifokori Shirmonoy Hamraliyevaning aytishicha, oiladan hech kim sil kasalligi boyicha royxatda turmaydi. Ammo, Martavali Botirov bir vaqtlar mazkur hisobda turgan va sogaygani sababli undan chiqarilgan.

Ishchi guruhi mazkur holat boyicha toplangan malumotlarni Respublika ishchi guruhi shtabiga taqdim etdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-03-2018, 15:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -