» » OAV: Tramp neft narxiga ta’sir o‘tkazish maqsadida milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchini tayinladi

OAV: Tramp neft narxiga ta’sir o‘tkazish maqsadida milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchini tayinladi


AQSh prezidenti Donald Tramp jahondagi neft narxiga ta’sir o‘tkazish hamda Eronga nisbatan bosimlarni kuchaytirish maqsadida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi sifatida Jon Boltonni tanladi. Bu haqda CNBC’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bolton yadroviy bitim borasida Eronga nisbatan bosimni kuchaytiradi. Taxminlarga ko‘ra, AQSh Eron bo‘yicha bitimdan chiqadi va Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ancha keskinlashadi — bu Eronga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi, albatta. Buning oqibatida neft narxida ko‘tarilish kuzatilishi mumkin.

“Men bu borada Jon Boltondan ham aniqroq kadrlar almashinuvini o‘ylab topolmayman. U azaldan siyosiy qarama-qarshilik tarafdori”, — deydi tahlilchi Xelima Kroft.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют