» » Curiosity marsoxodining Marsga “qadam qo‘ygani”ga 2000 kun bo‘ldi

Curiosity marsoxodining Marsga “qadam qo‘ygani”ga 2000 kun bo‘ldi


Curiosity marsoxodi Mars sayyorasida okeanlar bo‘lganini isbotlovchi gil qatlamlari izlarini suratini yuborgan holda, o‘zining 2000 kunlik faoliyatini nishonladi, deb xabar berdi O‘zA.

U qizil sayyoraga 2012-yilning 6-avgustida qo‘ngan edi. O‘tgan vaqt davomida Curiosity Marsda issiq chuchuk suv orollari bo‘lganini va boshqa qator yangiliklarni kashf etib, missiya doirasidagi o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarni muvaffaqqiyatli amalga oshirdi.

Qurilma uzoq muddat ishlashi uchun plutoniy bilan ishlovchi issiqlik va tok radioizotop generatori bilan ta’minlangandi.

Biroq o‘tgan davrda missiya muhandislari bir necha marotaba texnik nosozliklarni bartaraf etishlariga to‘g‘ri keldi. Hozirda u tog‘ning “Naukluft platosi” deb nom olgan qismida turibdi. U yerda sayyorada atmosfera va suvning yo‘qolib borishi jarayonlari izlari bo‘lgan tog‘ jinslari mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют