» » Piskentda Majburiy ijro byurosi inspektorining velosipedi o‘g‘irlab ketildi

Piskentda Majburiy ijro byurosi inspektorining velosipedi o‘g‘irlab ketildi


2018-yil 14-mart kuni Piskent tuman IIBga Piskent tumani Majburiy ijro byurosida inspektor lavozimida ishlab kelgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Maylabod mahallasidagi “Pochta” binosi oldiga qoldirib ketgan velosipedini o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bahosi 500 ming so‘m bo‘lgan velosipeddan tashqari, uning yukxonasida bo‘lgan Pero rusumli to‘lovlarni amalga oshirish apparati va 92 dona MIBga tegishli tamg‘alarini o‘g‘irlab ketilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Ohangaron shahrida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan erkak sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Daliliy ashyo tariqasida Pero rusumli to‘lovlarni amalga oshirish apparati va MIBga tegishli tamg‘alar olingan. Velosipedni esa jinoyatchi noma’lum shaxsga sotib yuborgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, o‘g‘rilikni sodir etgan shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют