» » 25-mart kuni Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv bo‘ladi

25-mart kuni Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv bo‘ladi


Joriy yilning 25-mart kuni Nyu-York shahridagi Emir Palace restoranida o‘zbekistonlik yengilmas professional bokschi Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda bokschi “Sports.uz” internet portaliga ma’lum qilgan.

AQShda vatandoshlarim va muxlislarim bilan uchrashishdan xursandman. O‘ylaymanki, ushbu uchrashuv men uchun ham, ular uchun ham maroqli bo‘ladi. Mazkur tadbir tashkilotchilariga o‘zim va jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Darvoqe, barcha yurtdoshlarimni Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Yakshanba kuniga qadar ko‘rishguncha, aziz muxlislarim!

Shohjahon Ergashev, bokschi

Mazkur tadbir soat Nyu-York vaqti bilan 11:00 da boshlanadi. Tadbirda mehmonlarga sumalak taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon o‘zining navbatdagi jangini 28-aprel kuni Nyu-Yorkda xitoylik Jiming Vangga qarshi o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют