» » O‘zbekistonlik tadqiqotchilar Janubiy Koreyada tahsil olish uchun grantga da’vogarlik qilishi mumkin

O‘zbekistonlik tadqiqotchilar Janubiy Koreyada tahsil olish uchun grantga da’vogarlik qilishi mumkin


O‘zbekiston Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi Janubiy Koreyaning Sejon universiteti bilan hamkorlikda magistratura va doktoranturada o‘qish uchun tadqiqot grantlari olishga tanlov e’lon qildi.

Tahsil robototexnika, mexatronika, buyumlar interneti, uchish qurilmalari konstruktorligi, molekulyar epidemiologiya, simsiz kommunikatsiyalar, nanoqurilmalar, polimerlar kimyosi va boshqa yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Grant Sejon universiteti tomonidan taqdim etiladi va o‘qish haqining to‘liq to‘lab berilishi hamda tahsil davomida har oyda 700 dan 1100 dollargacha stipendiya berilishidan iborat.

Nomzodlar bilan suhbat Sejon universiteti professorlari tomonidan Toshkent shahrida 30-mart kuni soat 9:30 dan 16:30 gacha bo‘lib o‘tadi.

Nomzodlar o‘z yo‘nalishidagi malaka va tajribadan tashqari ingliz tilini a’lo darajada bilishi talab etiladi. Koreys tilini bilish shart emas, biroq afzallik sanaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2018, 20:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют