» » Xitoyning texnologik gigantlari avtomobil ishlab chiqarish sanoatida rivojlanishni ko‘zlamoqda

Xitoyning texnologik gigantlari avtomobil ishlab chiqarish sanoatida rivojlanishni ko‘zlamoqda


Xitoyning Baidu, Alibaba va Tencent kabi texnologik gigantlari elektron savdo, mobil to‘lovlar va ijtimoiy tarmoqlarda muhim rol o‘ynamoqda, endi esa ular avtomobil sanoatida ham rivojlanishni ko‘zlamoqda. Buning uchun ular elektr, haydovchisiz va aqlli avtomobillar yaratish bilan shug‘ullanuvchi startaplarga investitsiya kiritmoqda, deb yozadi “Vedomosti”.

Amerikaning texnologik kompaniyasi bo‘lgan Alphabet va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Waymo ham avtomobil biznesida faol ishlamoqda. Biroq Baidu, Alibaba va Tencent Xitoyda katta ustunlikka ega, chunki hukumatning internet ustidan o‘rnatilgan nazorati xorijiy kompaniyalarga ular bilan raqobatlashishga imkon bermaydi. Masalan, Xitoyda xorijiy kompaniyalarning raqamli kartografiyalari taqiqlangan, ular esa haydovchisiz avtomobillar uchun zarur hisoblanadi.

Mazkur holat xorijiy va xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilarni, shu jumladan, Ford, BMW, SAIC Motor va Zhejiang Geely kabilarni Baidu, Alibaba va Tencent bilan hamkorlik kelishuvi imzolashga majbur qilmoqda. Mart oyida Renault Xitoydagi savdosini 2023-yilga qadar besh barobar oshirishni ko‘zlayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Renault Xitoyda o‘z avtomobillarini internetga ulash uchun Alibaba dasturiy ta’minotidan foydalanishni boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют