» » O‘zbekiston Chimkentdagi havo sharlari festivalida qatnashdi

O‘zbekiston Chimkentdagi havo sharlari festivalida qatnashdi


Qozog‘istonning Chimkent shahrida Ashyq Aspan (“Ochiq osmon”) havo sharlari festivali boshlandi. Unda qatnashish uchun O‘zbekiston, Turkiya, Ukraina, Qirg‘iziston va Rossiya kabi oltita mamlakat taklif qilindi, deb yozadi “Nur.kz”.

Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda havo sharlari texnika xavfsizligining barcha shartlariga rioya qilingan holda osmonga ko‘tarildi. Festivalda jami 15 ta shar namoyish etildi.

Chimkent madaniyat va tillarni rivojlantirish bo‘limi rahbari Murod Bozorqulov festivalni butun mamlakat bo‘ylab rivojlantirish rejalari haqida gapirib berdi. “Bizning orzuimiz — Kapadokiyadagi kabi yuzlab rang-barang havo sharlarini uchirib, shahrimizga sayyohlarni jalb qilish”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют