» » O‘zbekistonda onasi va ukasini vahshiyona o‘ldirgan yigit qo‘lga olindi (video)

O‘zbekistonda onasi va ukasini vahshiyona o‘ldirgan yigit qo‘lga olindi (video)


Turmushidan ajrab, ikki nafar o‘g‘il farzandini bir o‘zi voyaga yetkazayotgan Gulnora To‘rayeva uyida fohishaxona ochib, oson pul topish yo‘lini tanlaydi. Shu bois to‘ng‘ich o‘g‘li Og‘abek bilan oralarida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga keladi, deya xabar beradi UzNews.

Shundan kelishmovchiliklarning birida Og‘abek onasining boshiga muzlatgich ostida turgan g‘isht bilan yetti marotaba uradi. Bu ham yetmaganday, volidasini ro‘mol bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Og‘abek qilgan jinoyatini yashirish maqsadida yana bir qotillikka qo‘l uradi. Voqea shohidi bo‘lgan ukasi 5 yashar Azizbekni ham bo‘g‘ib o‘ldirib, jomadonga joylaydi va yerto‘laga yashirib qo‘yadi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida voqea qaerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют