» » Xivada mehmonxona farroshi mijozning 2,5 ming dollarini o‘g‘irladi

Xivada mehmonxona farroshi mijozning 2,5 ming dollarini o‘g‘irladi


Xivada mehmonxona farroshi mijozning pullarini o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Xivadagi mehmonxonalarning birida yashovchi mijoz hamyonidan 2,5 ming dollar va 5 ming rubl yo‘qolgani haqida murojaat qilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘rilik shu mehmonxonada farrosh bo‘lib ishlovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Xabar berishlaricha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV axborotida voqea aynan qaysi mehmonxonada, qachon yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (10-11-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют