» » Toshkent va Qashqadaryodagi yong‘inlar 2 kishining umriga zomin bo‘ldi

Toshkent va Qashqadaryodagi yong‘inlar 2 kishining umriga zomin bo‘ldi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 23-mart kuni soat 03:35 atrofida  “Chamanzor” mahallasida yashovchi  H.Hoshimovning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi, biroq ofat qo‘shnilar T.Sobirov va M.Karimovning uyiga ham o‘tishga ulgurgandi. Buning oqibatida uch oilaning uyini tomi, shifti va uy-jihozlari yonib, zarar ko‘rdi. Yong‘in o‘chirish vaqtida M.Karimovning uyidan jiyani, 1993-yilda tug‘ilgan S.Olimovning jasadi topildi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 23-mart kuni soat 06: 25 larda “Guvalak” mahallasida yashovchi Muxtor Abdurahimovning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi. Ofat oqibatida uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib, zarar ko‘rdi. Yong‘inni o‘chirish davomida Muxtor Abdurahimovning ukasi, 1976-yilda tug‘ilgan Murod Abdurahimovning jasadi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют