» » Xatirchi uzumchilikka ixtisoslashgan namunaviy tumanga aylanadi

Xatirchi uzumchilikka ixtisoslashgan namunaviy tumanga aylanadi


Xatirchi tumanini uzumchilikka ixtisoslashgan namunaviy tumanga aylantirish maqsadida sohaga ilg‘or agrotexnik tadbirlarni joriy etish borasida fermerlarni va tomorqa egalarining kasbiy mahoratlarini oshirishga e’tibor qaratilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Navoiy viloyati va Xatirchi tumani hokimliklari hamkorlikda “Uzumchilik sohasini rivojlantirish, meva va sabzavotlarni innovatsion quritish” mini-texnologiyasi mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazdi.

Unda fermer xo‘jaliklari va soha mutaxassislarini uzumchilikning amaldagi me’yoriy-huquqiy asoslari va ilg‘or agrotexnologiyalarni chuqur o‘zlashtirish asosida kasbiy mahoratlarini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida to‘xtab o‘tildi. Olimlar uzum yetishtirish, kasallik hamda zararkunandalardan himoya qilish, yetishtirilgan hosilni saqlash va qayta ishlab quritish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Seminar doirasida olimlar Tasmachi hududida barpo etilgan tokzorda fermerlar, mutaxassislar va tomorqa egalariga tokni parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni qanday tartibda o‘tkazishni ko‘rsatib, maslahatlar berishdi. Ishtirokchilarga “Xatirchi tumani sharoitida tokzorlardan yuqori hosil olishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha” tavsiyanomalar va boshqa materiallar tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют