» » Fotogalereya: So‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlar

Fotogalereya: So‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlar


Bir necha kun avval Keniyada Sudan laqabli dunyodagi eng so‘nggi erkak shimol oq karkidoni o‘ldi. Dunyoda bu turdagi atigi ikkita urg‘ochi karkidon qoldi. “Vesti Finance” so‘nggi 20 yil ichida qirilib ketgan hayvonlarga e’tibor qaratdi.

Xitoy daryo delfini 1918-yilda Xitoydagi chuchuk suvli Duntin ko‘lida topilgan. Havorang-kulrang delfinning uzunligi 1,4 — 2,5 metrni, vazni 42 — 167 kilogrammni tashkil qilgan. Urg‘ochisi erkagidan ko‘ra kattaroq bo‘lgan.

2006-yilda ekspeditsiya bu turni topa olmagan. Xitoyning yo‘qolib ketgan hayvonlar bo‘yicha komissiyasi bu turni 2017-yilda qirilib ketgan deb e’lon qildi.

Tayvan kulrang leopardi tashqi ko‘rinishi va jismoniy tuzilishi jihatdan Xitoyning materik qismida yashayotgan qondoshlariga o‘xshagan. U vazni 20 kilogrammni tashkil qiluvchi daraxtlarda yashaydigan yirtqich bo‘lgan.

Kulang leopardni so‘nggi marta 1983-yilda ko‘rishgan, uch yildan so‘ng esa tadqiqotchilar bu yirtqichning izlarini topa olmagan. Sanoatning rivojlanishi va o‘rmonlarning kesilishi sababli leopardlar tog‘larga chiqib ketishga majbur bo‘lgan, u yerda esa brakonerlar ta’qibiga uchragan.

2000-yilda olimlar yirtqichni topish uchun oxirgi marta urinib ko‘rgan, biroq hech qanday izni topa olmagan.

O‘rdak Tinch okeanidagi faqat uchta orolda yashagan. Okean o‘rdaklari Ikkinchi jahon urushidan keyin qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun botqoqlarning quritilishi oqibatida qirilib ketgan.

Xitoy uzunburuni chuchuk suvlarda yashagan eng yirik baliq bo‘lgan. Uning uzunligi uch metrgacha, vazni esa 300 kilogrammgacha yetgan.

Xitoylik olimlar 2006—2008-yilda baliqni yovvoyi tabiatda izlab topishga harakat qilgan, biroq turning birorta vakilini topa olmagan.

O‘rta asrlarda yovvoyi echki Pireney yarimorolida juda ko‘p uchragan, biroq ularning populyatsiyasi nazoratsiz ov sababli XIX—XX asrda tezlik bilan qisqargan.

XX asrning ikkinchi yarmida bu hududda faqatgina kichik populyatsiya saqlanib qolgan, 2000-yilda esa turning so‘nggi vakili o‘lik holda topilgan.

Qachonlardir Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan Kamerun qora karkidoni ov va brakonerlik oqibatida 2000-yilga kelib qirilib ketish holatiga keldi. 2011-yilda tur yo‘q bo‘lib ketgan deb e’lon qilingan.

“Dengiz bo‘risi” deb atalgan Karib monax-tyuleni Karib havzasida yashagan eng yirik tyulen turi bo‘lgan. Haddan ortiq ov va ozuqa manbasining yo‘q bo‘lishi turning qirilib ketishida asosiy sabab bo‘lgan. Tur so‘nggi marta 1952-yilda kuzatilgan va 2008-yilda rasman yo‘q bo‘lib ketgan deb tan olingan.

Sharq pumasi qachonlardir Shimoliy Amerikaning shimolida yashagan va qirilib ketgan puma turi hisoblanadi. Bu tur AQShning baliq resurslari va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati tomonidan 2011-yilda qirilib ketgan deb tan olingan.

Kaltakesaklar oilasining yagona gigant vakili Afrikaning g‘arbiy tomonidagi orollarda yashagan. U hozirgi kunda butunlay qirilib ketgan hisoblanadi.

Kichik poganka yoki Madagaskar qizilbo‘yin pogankasi kichik pogankalar oilasiga kiradi. Qushning ovozini so‘nggi marta 1988-yilda eshitishgan. 2010-yilda esa u rasman qirilib ketgan deb tan olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют