Isroil Madrimov Kolumbiyadagi mag‘lubiyat haqida: Biz 3:2 hisobida yutishimiz kerak edi, lekin...
Butunjahon boks seriyasi (WSB) yo‘nalishidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi a’zosi, -75 kg vazn toifasida jang qiluvchi Isroil Madrimov Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan janglarda hakamlar nohaqlik qilgani haqida so‘z ochdi.
Allohga shukurlar bo‘lsinki, janglarni ham o‘tkazib oldik! Men anchadan buyon bunaqa yaxshi boks tushmagandim, ammo hakamlarni tushunish qiyin. Bunaqa holat boksda ko‘p uchrab turadi
Biz 3-2 hisobi bilan yutib ketishimiz kerak edi, lekin... Mayli, hammasi Allohdan, janglarni ko‘rishni tavsiya qilaman. Hammaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, rahmat!
Isroil Madrimov, bokschi
Ma’lumot uchun Uzbek Tigers mehmonda Colombia Heroicos jamoasiga qarshi kechgan janglarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu qatorda, Isroil Madrimov ishtirok etgan jangda hakamlar kolumbiyalik bokschiga g‘alabani taqdim etdi. Quyida ushbu jang videosini tomosha qilishi mumkin:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
