WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Moskva ma’murlari tojikistonlik va o‘zbekistonlik muhojirlarning savollariga javob berdi
Moskva ma’murlari tojikistonlik va o‘zbekistonlik muhojirlarning savollariga javob berdi
Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlari birinchi marta Moskva hukumati vakillari bilan uchrashdi, deb yozadi “Nuz.uz”.
Uchrashuv 23-mart kuni Moskva viloyati hukumati joylashgan Krasnogorsk shahrida Rossiya prezidentining “Mening do‘stim muhojir” grantini amalga oshirish doirasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu grantning maqsadi — Moskva viloyatida ishlayotgan tojikistonlik va o‘zbekistonlik muhojirlarning madaniy-axloqiy moslashuvini ta’minlash.
Ilk yig‘ilishga 80 ga yaqin tojik va o‘zbek muhojirlar keldi. Ularning savollariga Moskva ma’muriyati vakillari va migratsiya sohasidagi ekspertlar javob berdi.
Bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilishiga va’da berildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?