» » Foto: Borsakelmasga bir kunlik sayohat

Foto: Borsakelmasga bir kunlik sayohat


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot agentligi hamkorligida 22-mart kuni ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 22 nafar jurnalist, bloger va fotomuxbir Ustyurt tekisligiga sayohat uyushtirdi. “KRuz.uz” jurnalisti ushbu sayohat borasidagi o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Biz dastavval tuz koniga tashrif buyurdik. Tuz tog‘i haqida ko‘p eshitgandig-u, lekin hech o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmagan edik. Umuman olganda bu borada hatto tasavvur ham yo‘q edi. Xullas, bu yerdagi manzarani ta’riflash uchun so‘z kamlik qiladi. Yaxshisi bu joylarni borib tomosha qilgan ma’qul.

Borsakelmas tuz koni binosida tushlik qilib, yana yo‘lga chiqdik.

Keyingi manzil — Ustyurt tekisligi bo‘ldi. Biz bu joyda kanonlarni tomosha qildik. Shundan so‘ng Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qoshida tashkil etilgan Yelabad va Qirqqiz posyolkalariga bordik. Ochig‘i bu yerdagi sharoitlarni ko‘rib havasim keldi. Hatto, Nukusda ham bunday zo‘r sharoit yo‘q, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Safarimiz so‘ngida Qo‘ng‘irot soda zavodiga kirdik. 2006-yilda ochilgan zavod uchun 2 yil oldin o‘zining 10 yillik yubileyiga bag‘ishlab, zavod haqida 100 ta kitob va 100 ta ko‘krak nishoni chiqarilgan ekan.

Borsakelmasga safarimiz 14 soat davom etdi. 21:00 da yana Nukus shahriga qaytib keldik. “Borsakelmasga borganlar kelmaydi”,— degan afsonalar qanchalik haqiqat ekanini bilmadim-u, lekin biz Barsaga borib qaytib keldik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют