» » Ra’no Shodiyeva namanganlik Munisaxonni davolatib, orzusini amalda oshiradi

Ra’no Shodiyeva namanganlik Munisaxonni davolatib, orzusini amalda oshiradi


Namanganda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar haftaligi doirasida Yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari Ra’no Shodiyeva yana bir murg‘ak qalb sohibasi — Munisaxon bilan do‘st bo‘lib oldi. Bu haqda YoI Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev  Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

Munisa Yusufjonova yakka tartibda tahsil olsa-da, ta’lim olish borasida tengdoshlaridan aslo ortda qolayotgani yo‘q.

U hozirda Namangan shahridagi 77-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchisi. Yagona orzusi — o‘rtoqlari kabi chopqillab yurish. Shu bois, xonadonga tashrif buyurgan mehmonlar Munisaning davolanishi borasida jiddiy bosh qotirishdi. 

Munisa tez kunlarda davolanish uchun shifoxonaga jo‘natiladigan bo‘ldi. Shuningdek, unga zamonaviy nogironlar aravachasi ham taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют