» » Murat Yildirim ishtirokidagi sahnalar Buxoroda suratga olinmoqda

Murat Yildirim ishtirokidagi sahnalar Buxoroda suratga olinmoqda


Murat Yildirim ishtirokidagi sahnalar Buxoroda suratga olinmoqda. Avval ma’lum qilinganidek, 23-mart kuni turkiyalik super kino yulduzi Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning Scorpion trillerida suratga tushish uchun O‘zbekistonga yetib kelgan edi, deb yozadi O‘zA.

Ayni kunlarda mashhur aktyor ishtirokidagi sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinmoqda. Shu bilan birga “Lichniy nomer” (Rossiya) filmidagi Umar Tamiyev obrazi orqali o‘zbekistonlik tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Vyacheslav Razbegayev ham Buxoro viloyatida davom etayotgan suratga olish ishlarida qatnashmoqda.

Shu yilning 28-mart kuni soat 11:00 da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press klubi zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Murat Yildirim ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mazkur film O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют