» » Scorpion — suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilib, qayta ovozlashtirilmaydi

Scorpion — suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilib, qayta ovozlashtirilmaydi


Joriy yilning 1-martidan suratga olish ishlari boshlangan Scorpion trilleri o‘zbek kinosida yangi davrni boshlab berishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Xorijlik mutaxassislar ham jalb etilgan mazkur film haqida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev ijtimoiy sahifalari orqali quyidagi fikrlarni bildirgan: “Bu ishlar tariximizda birinchi marotaba tashkil qilinmoqda. Barchangizga omad tilayman. Natijasi bilan bersin. Bu yoshlar hali ko‘p ishlar qilishiga ishonamiz”.

E’tiborli jihati shundaki, triller uchun xorijdan tajribali mutaxassislar taklif etilgan. O‘zbekistonlik yoshlar ulardan soha sirlarini o‘rganmoqda.

Suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilib, qayta ovozlashtirilmaydi. Bu esa aktyorlardan o‘z ishiga o‘ta jiddiy yondashish, qahramonining har bir so‘zini yodlash, his qilishni talab etadi. Rossiyadan loyiha uchun O‘zbekistonga maxsus tashrif buyurgan mutaxassislar film kadrlarini suratga olish maydonining o‘zida xomaki montaj qilib boradi.

Film ijodiy va texnik jamoasini O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Germaniya mutaxassislari tashkil etadi. Suratga olish ishlari Toshkent shahri va Buxoro viloyati, shuningdek, Rossiya va Marokashda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, mazkur filmda turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirimning ishtirok etishi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют