» » Yoshlar ittifoqi qonun ustuvorligi haqida Gollivud uslubida videorolik tayyorladi

Yoshlar ittifoqi qonun ustuvorligi haqida Gollivud uslubida videorolik tayyorladi


Adliya vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi yangi ijtimoiy rolikni taqdim etdi. Qonunbuzarlik va qonun ustuvorligi masalalariga bag‘ishlangan rolik Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirildi.

Rolikda aktyorlar Alisher Uzoqov va Akbarxo‘ja Rasulovlar ishtirok etgan. Syujetga muvofiq, huquq-tartibot idoralari xodimlari vertolyot, mashina va mototsikllarda Alisher Uzoqovni ta’qib etadi, ayni paytda u Akbarxo‘ja Rasulovning qahramoni bilan suhbat olib boradi.

“Qonun hamma uchun, har vaqt barobar va ustuvor ekanini yana bir bor yodga soluvchi mazkur rolik Yosh kinoijodkorlar kengashi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olingan”, — deb ta’rif beradi rolikka Qahramon Quronboyev.

Rolik rejissori — Yoshlar ittifoqining “Yilning eng yaxshi yosh kino rejissori” mukofoti hamda PROlogue – 2017 festivali bosh sovrini sohibi, Yosh kinoijodkorlar kengashi a’zosi Muxlisa Azizova.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют