» » “O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi delegatsiyasi Yarn Expo Spring 2018 ko‘rgazmasida ishtirok etdi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi delegatsiyasi Yarn Expo Spring 2018 ko‘rgazmasida ishtirok etdi


“O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi delegatsiyasi Shanxay shahrida (Xitoy) Yarn Expo Spring 2018 To‘qimachilik tolalari va iplari xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb yozadi UzDaily.

Ko‘rgazmada soha korxonalari — “Indorama” MChJ QK, “Deu tekstil” MChJ YaTT, “Surxon grupp”, “LT interneshnl” MChJ YaTT taqdimot stendlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, soha korxonalarining 20 dan ortiq vakili tahsrif buyuruvchilar sifatida ishtirok etdi.

Ko‘rgazma ishi doirasida o‘zbek mahsulotlariga qiziqish bildirgan 40 dan ortiq kompaniya, jumladan XXR, Pokiston, Eron, Hindiston va Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif doirasida XXRning sohadagi yetakchi Nantong Yinshuai Textile Co., Ltd, Xiamen ITG Group Corp. Ltd, Xinjiang Asia-Europe International Material Trade Center Co., Ltd va boshqa bir qator kompaniyalari, Pokistonning Sardar Corporation PVT Ltd, AXA International, Texperts, Ever Green Textiles, Global Textile Networks, Hindistonning Kennington Group kompaniyasi bilan kelishuvlar imzolandi.

Ko‘rgazma yakuniga ko‘ra jami summasi 4,0 million dollarlik mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, 5,0 million dollardan ortiq summaga mahalliy mahsulotlarni eksport qilish haqida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют