» » Oliy harbiy ta’lim muassasalariga yoshlarni saralash bo‘yicha qabul komissiyasi tashkil etildi

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga yoshlarni saralash bo‘yicha qabul komissiyasi tashkil etildi


O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan 2018-yilda oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan yoshlarni saralash bo‘yicha qabul komissiyasi tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchilarni saralash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Dastlab kichik komissiya tarkibi tomonidan nomzodlarning individual-psixologik sifatlari o‘rganilib, ularning jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkaziladi. Saralash ishlari viloyatlardagi mudofaa ishlari boshqarmalarida 1-apreldan 20-mayga qadar o‘tkaziladi. Nomzodlarning hujjatlari o‘rganilib, jadvalga muvofiq yakuniy tibbiy guvohlantirish, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimi, yozma ishi (diktant) tekshiriladi.

2018-yilda nomzodlar mudofaa vazirligining quyidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi:

“Oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Nomzodlar uch tildan — o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini shaxsan tanlagan holda test sinovlari topshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют