» » Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogiga qayta qur’a tashlandi

Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogiga qayta qur’a tashlandi


Bugun, 27-mart seshanba kuni Pro-Liga va O‘zbekiston Kubogiga qayta qur’a marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.

Xabarda qayd etilishicha, qur’adan oldin klublarning qarzlari haqida ma’lumot berilgan. “Xorazm” klubi 7,5 million jarima va 10 million badal puli to‘lamagan. “Zomin” jamoasi ham 14,5 million jarima va 1,1 million badal pulini to‘lamagan. “Xotira-79” esa 3,2 million jarima va 800 ming so‘m badal pulini to‘lamagan. Bu o‘tgan yilgi qarzdorliklar deb ta’kidlanadi.

Bu yilgi badal pullari borasida gap ketsa, faqat “Andijon” klubi to‘liq, hattoki 10 million so‘m ortig‘i bilan o‘tkazib bergan. Qolgan hech bir klub badal pulini to‘liq to‘lamagan (gap Pro-Ligada ishtirok etadigan klublar haqida ketmoqda).

Qur’a tashlash marosimi vaqtida “Sho‘rtan” va “Bunyodkor” klublariga FIFAdan xat kelgani ma’lum qilindi.

2018-yilgi Pro-Liga ikki mintaqaga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.

Pro A. 1-tur (6-aprel)

“Surxon” (Surxondaryo) dam oladi

Pro B. 1-tur (6-aprel)

“Sherdor” (Samarqand) dam oladi

O‘zbekiston Kubogi-2018

1/32 final (2-aprel)

1/16 final (15—16-aprel)

1/8 finalga ushbu bosqich bo‘lib o‘tganidan so‘ng qur’a tashlanadi. Unda “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari qo‘shiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют