» » Bobomurod Abdullayev: Men pul uchun emas, etiqodimdan kelib chiqib yozar edim

Bobomurod Abdullayev: Men pul uchun emas, etiqodimdan kelib chiqib yozar edim


26 mart kuni Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudida bolgan otgan sud majlisida jurnalist Bobomurod Abdulla, bloger Hayotxon Nasriddinov, shuningdek, tadbirkorlar Shavkat Ollayorov hamda Ravshan Salayevga nisbatan jinoyat ishi korib chiqildi. Ular Jinoyat Kodeksining 159-modda 4-qismi (Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va qonuniy saylangan hukumatni qurolli yol bilan agdarishga urinish) bilan ayblanmoqda, deb xabar berdi Gazeta.uz.

Sud raisi Zafar Nurmatov sud majlisini murojaatlar va pochtalarni korib chiqishdan boshladi. Hayotxon Nasriddinovni himoya qilayotgan advokat Umidbek Davlatov oz himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan qiynoqlar va boshqa har qanday bosimlarni toxtatish, shuningdek, uni Davlat xavfsizlik xizmati tergov izolyatoridan Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 1-sonli tergov izolyatoriga otkazish boyicha bosh prokuror nomiga iltimosnoma yozdi.

Men shanba kuni Hayotxon Nasriddinovning yoniga bordim, ariza yozdim, ikki soat kutdim hech qanday javob kelmadi. Yakshanba kuni soat 15:00 da qongiroq qilishib, orderning asl nusxasi bilan kelsam, u bilan seshanba kuni uchrashishim mumkinligini aytishdi. Toshturmada esa bu borada hech qanday muammo yoq edi, deydi Umidbek Davlatov.

Biroq Nasriddinov ozining saqlanayotgan joyini ozgartirishlarini istamadi va DXX tergov izolyatorida qoldirishlarini soradi. Shuningdek, qolgan sudlanuvchilar ham hammasini boricha qoldirish tarafida ekanliklarini bildirgan. Sud yigilishga chiqib ketdi va advokatning iltimosnomasini qondirmaslik boyicha qaror qabul qildi.

Korsatmalarning davomi

Avvalgi yigilishda Bobomurod Abdullayev ozining ogirlab ketilganini, qiynoqlarga solingani vasanasini korsatmagan holda tushuntirish xatini yozishga majburlashganini malum qilgandi. Uning sozlariga kora, yertoladagi qiynoqlardan song, u DXX tergov izolyatoriga tushib qolgan. U yana ikki kishi bolgan kameraga joylashtirilgan. 2017-yilning 29-sentabridan boshlab dastlabki 10 kun unga matras ham, yosiq ham berishmagan u uchta taburetkada uxlashga majbur bolgan. Shundan keyin unga matrassiz temir karavot berishgan va faqatgina 2530 kundan song, u toshakka ega bolgan.

Menga nega karavot va matras bermayotganliklarini soraganimda tergov izolyatori navbatchisi men kabi vahobiyga, davlat dushmaniga, garb maxfiy xizmatlari agentiga berish mumkin emasligini aytdi, deydi sudlanuvchi.

30-sentabr kuni uni koridorga olib chiqib, boshiga qop kiydirishgan. Abdullayevning eslashicha, uni Majid, Qobil va avvallari tanish bolmagan, kozoynak taqib olgan Oybek (asl ismi Elmurod) otirgan xonaga olib kirishgan. Stolda kompyuter kabeli, dubinka, suv qaynatadigan qurilma (kipyatilnik), elektroshoker va ombur turgan. Majid ertadan boshlab Abdullayevni darajasi ancha yuqori bolgan boshqa xodimlar soroq qilishini va u yertolada yozganlarini sozlab berishi lozimligini malum qilgan.

Xuddiki men Muhammad Solihning shantaji sabab Usmon Haqnazarov taxallusi ostida maqolalar yozgan emushman. Qaytaraman Ravshan Salayev va Shavkat Ollayorov soviq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayevdan va ichki ishlar vaziri Polat Bobojonovdan malumotlarni olib turganmush. Xuddiki Ravshan Salayev va Shavkat Olloyorov maqolalar yozishim uchun meni moliyaviy jihatdan taminlab turganmush, deydi Abdullayev.

Majid Abdullayevga oz korsatmalari doirasidan chiqmasligini aytgan. Agarda yozganlaridan boyin tovlasa uni kompyuter kabeli bilan urishni boshlashlarini sozlagan. Shunda ham oz bilganidan qolmaydigan bolsa, dubinkani ishlatishadi. Agar Abdullayev dubinkaga ham chidab bersa, elektroshokerni qollashadi.

Elektroshoker foyda bermasa, kipyatilnik aniq yordam beradi, deydi ular. Suv isitishga moljallangan qurilma ham yordam bermagan taqdirda, ombur yordamida tirnoqlari kochirib olinadi. Aytishicha, qiynoqqa moljallangan navbatdagi qurilma bu elektr taxt.

Aybimni tan olmaydigan bolsam, 12 yoshli qizimni zorlash, Qozonda oqiydigan ikkinchi qizimni rus piyonistalari changaliga tashlash, futbol bilan shugullanadigan oglining oyogini sindirish va koz ongimda 70 yoshli onamni zorlash bilan tahdid qilishdi.

Maqolalarni men yozganman men javob beraman. Mening qizim, oglim va onam maqola yozganim uchun aybdor emas, deya takidlaydi sudlanuvchi.

Qobil shu kabi aybini tan olishni istamagan vahobiyning olti yoshli qizini zorlashganini aytdi. Men taxminan u kimni nazarda tutayotganini bilaman. Diniy faol Ruxitdinov. 20032004-yillarda uning qizini podyezdda zorlab ketishgan, deydi Abdullayev.

Abdullayevning qoshimcha qilishicha, uni ogirlab ketganlar mustaqil Ozbekistonning gullab-yashnashi uchun barcha narsaga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Kozoynakli odam gapga aralashdi. U Abdullayevdan Buyuk Britaniyaning Ozbekistondagi sobiq elchisi (20022004-yillar) Kreyg Myurreydan 3200 dollar olgan yoki olmaganliginisoragan. Abdullayev ushbu pullar rasmiy OAVlar orqali elon qilinmaydigan sherlar, hikoyalar, fuqarolarning prezidentga murojaatlari chop etiladigan Ozod Ovoz saytini yaratish uchun berilganini takidlagan.

Ular mening imzom turgan kvitansiyaning kseronusxasi borligini aytishdi. Bu esa, meni MI6 agenti sifatida tan olishga yetarli ekan. Men NED jamgarmasidan ham pul olganman. Ushbu mantiqqa kora, men Amerika maxsus xizmatlarining ham agentiman, deydi sudlanuvchi.

Keyin tergov bilan boshqa ikki erkak Andrey (asl ismi Volodya) va Olmas (asl ismi malum emas) shugullangan. Menga ular MXXning ichki xavfsizlik boshqarmasida ishlaydigandek tuyuldi. Yan,i xalq dushmanlarini qidirish bilan shugullangan boshqarma. KGB vaqtida ular ichki kontrrazvedka boshqarmasi deya atalgan. Shuningdek, uni inkvizitsiya boshqarmasi ham deyishgan. Inkvizitorlar bidatchilarni qidirgan, deydi Abdullayev.

Qobil, Majid va Oybek yuqoridagi ikki erkakning Abdullayev bilan suhbatida ishtirok etgan. Tergov 123 xonada MXX tergov boshqarmasi arxivi xonasida bolib otgan. Abdullayevning sozlariga kora, uni 20 litrli suv idishini kotarishga majbur qilishgan va orqasiga kompyuter kabeli bilan 10 marotaba urishgan. Agar zarba vaqtida idishni tushirib yuborsa, yana 10 marotaba urishgan.

Jurnalistning korsatmalariga boyicha, uni mototsiklchi holatida turishni sorashgan va boshiga urishgan. Bunda u qimirlab ketmasligi kerak bolgan. Bazida mototsikl yoki avtomobil ovozini chiqarishimni aytishardi. Arqon va kishanlar bilan yuzimni devorga qaratib osib qoyishardi. Bir safar 1,5 litr choyni ichishga majburlashdi va xonaga olib kirib besh marotaba urishdi. Bu kabi holatda siyib qoyiladigan bolsa, yana besh marotaba urishadi, deydi ayblanuvchi.

Abdullayevning aytishicha, unga ahmoqona davolar qoyilgan. Undan nega Xorazmda tugilgani, nega Amir Temur boshqa shaharlarni osonlikcha qolga kiritgan bir paytda Xorazmni besh marotaba bosib olganini sorashgan. Bundan tashqari Abdullayevning rafiqasini millati qozoq bolanligi sabab, uni qozoq maxsus xizmatlari bilan aloqadorlikda ayblashgan.

Uni ikki yarim oy davomida soroq qilishgan. Abdullayevdan nega Bosh prokuratura va IIV haqida emas MXX haqida yozganligini sorashgan. Mazkur tuzilmalarning rahbarlari poraxor degan davoga javoban jurnalist agarda faktlar bolsa jinoyat ishini ochishni yoki OAV orqali malum qilishlarini soragan.

Abdullayevni ogirlab ketganlar unga songgi 20 yil davomida besh yillik rejalar borasida maqolalar yozishini malum qilgan. Dastlabki besh yilda u Ixtiyor Abdullayev haqida, ikkinchisida Polat Bobojonov haqida, uchinchisida Muhammad Solih haqida, tortinchisida esa yangi prezident apparati haqida yozishi kerakligini aytishgan.

Abdullayev bundan boyin tovlagan va qamoqqa ketishga rozi ekanligini bildirgan. Ularning aytishicha, meni qamoqda oldirish oson ekan. Seni ogir mehnatlarga jalb etamizda, birortasiga muddatidan oldin ozodlik vada qilamiz va u seni tosh maydalagichning stanogi ostiga turtib yuboradi. Onang tanangni parchalarini komadi keyin. Yoki OITS yuqtiramiz, deyishgan.

Yuqorida nomi tilga olingan erkaklar yoniga yana bir kishi Temur (taxallusi Rustam) kelib qoshilgan. U Abdullayevdan yana uchta tushuntirish xati olgan va ikkitasida sanani korsatmasigini buyurgan. Songgisiga 26-sentabrni yozishini aytgan. Jurnalistning takidlashicha, oshandasana 26-dekabr bolgan.

26-sentabr kuni uyda bolgan bolsam, qanday qilib mendan tushuntirish xati olganliklaringni isbotlaysizlar dedim. Ular sud menga emas, ozlariga ishonishini aytdi. Men qol qoyishdan bosh tortdim. Ular qayta ishlash uchun yertolaga yuborishlarini bildirdi. Men qol qoyishga majbur boldim, deydi Abdullayev.

Abdullayev korsatmalarga rioya qilmagan paytlarida avvaliga uning yostigini, keyin matrasini olib qoyishgan va shundan song uxlagani ruxsat berishmagan. Uning sozlariga kora, olti kun ketma-ket uxlay olmagan. Orim loyihasini yozganligini tan olmagani uchun Abdullayevni yumshoq xona boylab yalangoch aylantirishgan. Devorlar, potoloklar va pol brezent bilan tikib tashlangan, biror-bir darcha bolmagan.

Otirish mumkinmas, yotish mumkinmas. Faqat yurish yoki bir joyda turish kerak. Hatto, tirsak bilan suyanib ham turish mumkinmas. Uch kundan song kameraga olib kirishdi. U yerda hatto, bir joyda turishni ham taqiqlab qoyishdi. Faqat yurasan. Men qadam tashlagan holda uxlashni organdim. Yetti qadam tashab, devor qarshisida toxtaysan. Ortga ogirilib kozlaringni ochasan, chunki seni kuzatib turadigan tuynuk bor. Buning natijasida churra (grija) paydo boldi, deydi Abdullayev.

Keyinroq unga tanish uchun 20 ta suratni korsatishgan. U suratlar orasidan oz tanishini topishi kerak bolgan. Abdullayev ularning birortasini tanimagan. Abdullayev sanalar, faktlar yoki ismlarni eslay olmaganida uni eslatator bilan urishgan. Majid suratda bosh prokuror borligini shama qilgan, biroq Abdullayev u qaysi biri ekanligini bilmagan. Ertasi kuni esa u suratlar orasida IIV rahbarini qidirishga majbur bolgan.

7-fevral kuni Abdullayev yana bir nechta hujjatlarni imzolashi kerak bolgan, jumladan, advokat Munojat Parpiyevaning xizmatlaridan voz kechish borasidagi arizani ham. Ertasi kuni ertalab u yertoladagi tahdidlar sabab qol qoyishga majbur bolgan.

Abdullayev Qozondagi qizining oldiga borish uchun Ravshan Salayevdan 200 dollar qarz olishga majbur bolganini tan oldi. Biroq bunga Salayev Abdullayev maqolalarni yozishi uchun uni oz xohishi bilan moddiy tomondan taminlab turgan, deya urgu berilgan. Bundan tashqari u Shavkat Ollayorovdan 450 ming som qarz olgan, tushuntirish xatida esa har bir maqola narxi 100 dollar deb korsatilgan.

Abdullayevning aytishicha, u besh yil davomida Muhammad Solihdan 5000 dollardan ortiq qarz olgan. Tushuntirish xatida bu oz faoliyatini moliyalashtirish deya korsatilgan.

Aytishlaricha, men katta pullar evaziga maqola yozganmushman. Men hech qachon bu maqolalar uchun pul olmaganman. Mening kvartiramni borib koringlar, u tamirlanmagan. Oilam ikkinchi darajaga aylanib qolgan. Men etiqodim nuqtayi nazaridan kelib chiqib yozganman, deydi Abdullayev.

Sudlanuvchining takidlashicha, Abdullayev pul soraganida, tadbirkorlar uning Usmon Haqnazarov ekanligini bilishmagan. Tushuntirish xatidaBobomurod Abdullayevdan Salayev va Olloyorov 2013-yildan 2016-yil oxirlariga qadar uning taxallusi boyicha taniganliklarini yozishini sorashgan. Aslida esa, ulardan biri 2017-yilning yozida, ikkinchisi hibsga olinishidan bir necha kun oldin bilgan.

Bobomurod Abdullayev Ozbekiston xalq harakatining azosi ekanligini va Muhammad Solihga ishlaganini rad etdi. Aksincha, Solih va uning MXX hamda Xavfsizlik Kengashidagi kanallari menga ishlardi, deydi u.

Abdullayevning aytishicha, MXX tergovchisi Aleksey Veselov bilan suhbatda u Orim loyihasi xizmatning ayrim xodimlari tomonidan ishlanganini aytgan. U Usmon Haqnazarov ertakchi ekanligini sozladi. Bizning ham oz ertakchilarimiz bor. Ular hozir loyihani ishlab chiqmoqda. Yakunlashgach, sizga oqib korishga beramiz, degan edi tergovchi.

Sudlanuvchining aytishicha, barcha qiynoqlar Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida mahbuslarning ichki tartibini ishlab chiqish boyicha maxsus qoidada korsatilgan korsatmalarga muvofiq amalga oshirilgan.

Abdullayevning tan olishicha, uning maqolalarida xato bolgan, biroq buni MXXda tekshirib olish imkoniyati bolmagan. Men qayta tekshira olmasdim. Men ozod garb davlatida emasman. Men bunga izoh berishlarini, tasdiqlashlari yoki rad etishlarini soray olmasdim. Biroq ularning kopi tasdiqlandi, deydi u.

Ayblanuvchining malum qilishicha, uning maqsadi mamlakatda nimalar sodir bolayotganini, ozi bilgan malumotlarni xalqqa yetkazishdan iborat bolgan. Men axborot faqat boshqaruv kengashi azolarining, boshqaruvdagi elita yoki bir necha oligarxlarning mulki emas, balki, xalqniki bolishi kerak, deb hisoblayman, deydi Abdullayev.

Abdullayev Usmon Haqnazarov taxallusi ostida 2003-yildan 2004-yilning oxiriga qadar, shundan keyin 20112017-yillarda yozganligini malum qildi. 20042011-yillarda ushbu ism ostida chiqqan maqolalar uning qalamiga mansub emas.

Ish kuni tugaganligi sabab sud jarayoni toxtatildi.

Advokat Umidbek Davlatov oz himoyasi ostidagi Hayotxon Nasriddinov ilgari aybini tan olgan bolsada, yakuniy xulosa tarzida taqdim etilgan ayblovni tan olmasligini yozma korinishda bildirishga tayyor ekanligini malum qildi. U savolni tushunmagan holda shunday javob berdi, deydi himoyachi.

Sud majlisida Human Rights Watchxalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining, shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalarining vakillari ham qatnashdi.

Mazkur ish yuzasidan keyin sud ishi 28-mart kuni bolib otadi.

Mavzuga doir:Dubinkaga yiqildingizmi? Boshqa yiqilmang. Bobomurod Abdullayev qanday qiynoqqa solingani haqida gapirib berdi



Manba: Daryo.uz
: admin (27-03-2018, 15:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -